Lid ko‘p, xaridor kam
Reklama songa optimallashtirilgan, sifat o‘lchanmaydi: bo‘sh murojaatlar byudjetni yeydi.
Meta reklama · lid tizimi · Toshkent
Klinikalar va xizmat bizneslari uchun target reklama, kontent va lid tizimi. Strategiyani o‘zim yuritaman, ijroni tajribali mutaxassislar jamoasi bilan bajaramiz.
Ko‘p bizneslar reklama byudjetini oshiradi, natija esa o‘smaydi. Mana eng ko‘p uchraydigan to‘rt sabab.
Reklama songa optimallashtirilgan, sifat o‘lchanmaydi: bo‘sh murojaatlar byudjetni yeydi.
Operatorlar kech javob beradi yoki murojaat yo‘qoladi. Reklama yaxshi, sotuv esa yo‘q.
Qaysi kanal, kreativ va funnel pul keltirayotgani ko‘rinmaydi.
Bir xil xabar bir necha haftada ishlamay qoladi. G‘oya va test tizimi kerak.
Reklamani alohida emas, mijozning butun yo‘li bilan birga quraman: taklifdan tortib hisobotgacha.
Auditoriya, taklif (offer), video va matnlar: avval mijozni tushunamiz, keyin reklamani ishga tushiramiz.
Meta reklama, lid formalari, lending va Telegram/DM kanallari. Funnel’lar alohida belgilanib, solishtiriladi.
Lidlar operatorlarga navbat bilan taqsimlanadi, sifat signali reklamaga qaytadi, hisobot raqamlar bilan yuritiladi.
Natijalar men ishtirok etgan davr va har bir loyihaning o‘z sharoitiga tegishli. Har bir loyiha alohida.
Toshkentdagi bolalar nevrologiyasi va reabilitatsiya klinikasi uchun target reklama, video kontent, avtomatlashtirish va lidlarni boshqarish tizimi.
Raqamlar klinikaning umumiy savdosiga marketing qo‘shgan hissani ko‘rsatadi va Meta platformasidagi ROAS emas.
Reklama byudjeti: $2 500
Lid generatsiya
Kampaniya davom etmoqda
Natijalar har bir biznesning sohasi, narxi va lidlarni qayta ishlash sifatiga bog‘liq va kafolat emas.
Toshkentda yashayman va bizneslar uchun mijoz jalb qilish tizimini quraman: reklama, kontent, lidlarni qayta ishlash va tahlil bitta oqimda.
Shaxzod Medical’da marketing boshlig‘i sifatida marketing va savdo bo‘limlarini bir maqsad atrofida yuritaman.
Bolalar nevrologiyasi va reabilitatsiya klinikasi, Toshkent. Marketing boshlig‘i.
IT kompaniya
Biznesingizga mos yechim. Aniq maqsad, o‘lchanadigan natija.
Instagram va Facebook reklamalarini strategiya, kreativ va natija bilan boshqarish.
Reels, YouTube va ekspert kontenti uchun g‘oya, ssenariy va tarqatish tizimi.
AI yordamida video ishlab chiqarish, ManyChat va Telegram funnel yechimlari.
Google Ads va TikTok bo‘yicha 2 yillik tajribaga ega mutaxassislar jamoam bilan ishlaydi: kerak bo‘lsa, ularni loyihaga qo‘shaman.
Suhbatdan keyin sizda aniq holat va keyingi qadam bo‘ladi.
Suhbatga yozilishSoha, mahsulot, o‘rtacha chek va hozirgi mijoz oqimini aniqlaymiz.
Reklama kabineti, sayt yoki Instagram va lidlarni qayta ishlash tartibini ko‘rib chiqamiz.
Byudjet va soha bo‘yicha lid va mijoz sonini taxminiy hisoblaymiz (bu kafolat emas).
Taklif, kreativ yo‘nalishi, funnel va kanallar bo‘yicha reja tuzamiz.
Mos kelsak, ishga tushirish rejasi va byudjetni kelishamiz. Mos kelmasak, tavsiyalar sizda qoladi.
Narx reklama byudjeti, soha va ish hajmiga bog‘liq. Aniq hisob-kitobni strategik suhbatdan keyin beraman. Odatda oyiga $1 000 dan yuqori reklama byudjeti bilan ishlaydigan bizneslar bilan ishlayman.
Reklama ishga tushgach, birinchi lidlar odatda dastlabki kunlarda keladi. Sifatni baholash va optimallashtirish uchun bir necha hafta kerak bo‘ladi. Aniq muddat soha va byudjetga bog‘liq.
Sotuv hajmini kafolatlab bo‘lmaydi: unga narx, mahsulot va operatorlar ishi ham ta’sir qiladi. Men nazorat qiladigan narsalarni aniq yuritaman: strategiya, kreativ testlari, lid sifati va raqamlardagi hisobot.
Klinikalar, qurilish va ko‘chmas mulk, mehmonxona, sport, ta’lim va mahalliy xizmat bizneslari. Eng ko‘p tajriba tibbiyot sohasida (Shaxzod Medical).
Meta reklamani o‘zim yuritaman. Google Ads va TikTok bo‘yicha 2 yillik tajribaga ega mutaxassislar bilan ishlayman va kerak bo‘lsa, ularni loyihaga qo‘shaman.
Mijoz ma’lumotlari va natijalari faqat kelishuv asosida ishlatiladi. Nom yoki raqamlarni ommaga ko‘rsatishdan oldin mijozdan ruxsat olaman.