Strategiya va taklif
Auditoriya, mahsulot taklifi va o'rtacha chekni aniqlab, reklama voronkasini rejalashtiramiz.
Target reklama · Telegram Ads · Meta Ads
Target reklama — reklamani maqsadli auditoriyaga ko'rsatish usuli. Men reklamani ikki asosiy platformada yuritaman: Meta Ads (Instagram va Facebook) va Telegram Ads. Har bir platformada auditoriya testlari, kreativlar va aniq hisobot bilan ishlayman: maqsad bo'sh murojaat emas, sotuvga qodir lid.
Target (targetlangan) reklama — reklamani yoshi, joyi, qiziqishi va xatti-harakati bo'yicha tanlangan odamlarga ko'rsatish. O'zbekistonda u asosan Meta Ads (Instagram va Facebook) hamda Telegram Ads orqali yuritiladi. U mijoz oqimi doimiy bo'lishi kerak bo'lgan klinika, IT kompaniya va ta'lim markazi kabi bizneslarga mos keladi.
Reklama kabinetini yuritishdan ko'proq: taklifdan hisobotgacha butun yo'l.
Auditoriya, mahsulot taklifi va o'rtacha chekni aniqlab, reklama voronkasini rejalashtiramiz.
Ads Manager, Pixel va Conversions API to'g'ri sozlanadi. Auditoriya testlari, kreativlar va optimallashtirish.
Telegram reklamasi orqali maqsadli auditoriyaga reklama: kanal, post va bot'ga trafik. Segmentatsiya va hisobot.
Video, rasm va matn g'oyalari, oddiy o'zbek va rus tilidagi reklama matnlari, testlar uchun bir nechta variant.
Faqat lid sonini emas, operatorlar baholagan sifatli lidlarni kuzatamiz va reklamani shunga moslaymiz.
Muntazam hisobot: byudjet, lid narxi, sifatli lid ulushi, sotuvga ta'siri va keyingi qadam.
Har bosqichdan keyin sizda aniq holat va keyingi qadam bo'ladi.
Biznes, mahsulot, o'rtacha chek va hozirgi mijoz oqimini aniqlaymiz.
Mavjud kabinet, sayt yoki Instagram va lidlarni qayta ishlash tartibi ko'rib chiqiladi, tracking sozlanadi.
Meta Ads va/yoki Telegram Ads'da bir nechta taklif, kreativ va auditoriya bilan test boshlanadi.
Sifatli lid narxi bo'yicha qarorlar qabul qilinadi, natija muntazam hisobotda ko'rsatiladi.
Klinikalar, IT kompaniyalar va ta'lim sohasida reklama yuritganman. Eng ko'p tajriba tibbiyotda: bolalar nevrologiyasi klinikasida reklama, kontent va lidlarni boshqarish tizimi bilan ishlaganman.
Natijalarni ko'rishNarx reklama byudjeti, soha va ish hajmiga bog'liq. Reklama byudjeti reklama platformasiga to'lanadigan alohida summa, xizmat haqiga kirmaydi. Aniq hisob-kitobni strategik suhbatdan keyin beraman.
Ha. Telegram Ads orqali maqsadli auditoriyaga reklama beryapman. Meta Ads va Telegram Ads'ni birga yoki alohida yuritish mumkin.
Reklama ishga tushgach, birinchi lidlar odatda dastlabki kunlarda keladi. Sifatni baholash va optimallashtirish uchun bir necha hafta kerak bo'ladi.
Sotuv hajmini kafolatlab bo'lmaydi: unga narx, mahsulot va operatorlar ishi ham ta'sir qiladi. Men nazorat qiladigan narsalarni aniq yuritaman: strategiya, kreativ testlari, lid sifati va raqamlardagi hisobot.
Reklama byudjeti reklama platformasiga to'lanadi va xizmat haqidan alohida. Kabinet va to'lov tartibini strategik suhbatda kelishamiz.
Har bir natija raqamlarda: har bir qilingan ish sotuvga qaratiladi.
BatafsilGo'yangizni reallikka o'giramiz: reklama, Reels va ekspert kontenti uchun AI video.
BatafsilCRM o'rnatib beriladi. Savdo voronkasi: bosqichlar, o'tish shartlari, konversiya nuqtalari.
BatafsilIjtimoiy tarmoqlar identikasi, SMM boshqaruvi, video production, VSL, YouTube, Reels va Shorts.
BatafsilBiznesingiz, maqsadingiz va hozirgi holatingiz haqida gaplashamiz. Suhbatdan keyin sizda aniq holat va keyingi qadam bo'ladi. Mos kelmasak, tavsiyalar sizda qoladi.
Bu 1–2 daqiqa oladi.