CRM sozlash va savdo voronkasi — Toshkent | Samandar

CRM · savdo voronkasi · sotuv jarayoni

CRM tizimi: savdo voronkasi va sotuv jarayoni boshdan oyoq.

CRM — faqat jadval emas, sotuv jarayonining butun tizimi. Men CRM sozlash, savdo voronkasi (bosqichlar, o'tish shartlari, konversiya nuqtalari), Customer Journey Map va sotuv bo'limi jarayonlarini birga quraman. Natijada lidlar yo'qolmaydi, har bir bosqich o'lchanadi va sotuv boshqariladigan jarayonga aylanadi.

  • CRM sozlash: AmoCRM, Bitrix24 yoki maxsus tizim
  • Savdo voronkasi: bosqichlar, o'tish shartlari, konversiya nuqtalari
  • Customer Journey Map (CJM) va sotuv SOP

CRM tizimi nima uchun kerak?

CRM lidlarni yo'qotmaslik va sotuv jarayonini nazorat qilish uchun kerak. U har bir murojaatni manbasi, mas'ul operatori va holati bilan saqlaydi. Savdo voronkasi har bir bosqichda qancha lid bor va qayerda yo'qolayotganini ko'rsatadi. Customer Journey Map esa mijoz yo'lining har bir nuqtasini belgilaydi.

Nima kiradi

CRM xizmatiga nimalar kiradi

Faqat dastur emas, sotuv jarayonining butun arxitekturasi.

01

Customer Journey Map (CJM)

Mijozning birinchi aloqadan sotuvgacha bo'lgan yo'li chiziladi: har bir nuqtadagi kutish, muammo va qaror aniqlanadi.

02

CRM sozlash (AmoCRM / Bitrix24)

Lead bosqichlari, avtomatizatsiya, bildirishnomalar va hisobotlar sozlanadi. Kerak bo'lsa maxsus tizim (Supabase, Lovable) quriladi.

03

Savdo voronkasi dizayni

Bosqichlar, har bir bosqichdan keyingisiga o'tish shartlari va konversiya nuqtalari aniq belgilanadi.

04

Sotuv SOP (Standard Operating Procedure)

Operatorlar va sotuvchilar uchun standart jarayonlar: javob tezligi, savollar ketma-ketligi, qaror daraxti.

05

Lid qabul qilish va taqsimlash

Lidlar sayt, Lead Ads va messenjersdan avtomatik tushadi, operatorlarga navbat bilan taqsimlanadi.

06

Hisobotlar va konversiya tahlili

Voronka, manba, operator va bosqich bo'yicha tayyor hisobotlar: qayerda lid yo'qolayotganini ko'rasiz.

Jarayon

CRM qanday quriladi

Avval jarayonni tushunamiz, keyin tizimni quramiz.

Ishlatiladigan vositalar
  • AmoCRM
  • Bitrix24
  • Lovable
  • Supabase (Postgres)
  • Google Sheets va Apps Script
  • n8n
  • Telegram Bot
  • Meta Conversions API
Suhbatga yozilish
  1. 1

    Jarayon va maqsad

    Lid qayerdan keladi, kim qayta ishlaydi va qanday hisobot kerakligini aniqlaymiz. Customer Journey Map chiziladi.

  2. 2

    Voronka va tuzilma

    Savdo voronkasi bosqichlari, o'tish shartlari va SOP belgilanadi.

  3. 3

    CRM sozlash va ulash

    CRM quriladi yoki sozlanadi, reklama, sayt va bildirishnomalar ulanadi.

  4. 4

    O'qitish va ishga tushirish

    Operatorlarga o'qitish beriladi, birinchi haftada tizim kuzatiladi va tuzatiladi.

Tajriba

Klinikada ishlayotgan CRM

Klinika uchun lid CRM'ni qurganman: operatorlarga navbat bilan taqsimlash, statuslar, rollar va hisobotlar. Google Sheets va n8n asosidagi lid tizimi (Facebook Lead Ads, operatorlar, Meta Conversions API) ham ishlaydi. AmoCRM va Bitrix24 bilan ham ishlaganman.

Natijalarni ko'rish
FAQ

Ko'p beriladigan savollar

CRM sozlash qancha turadi?

Narx CRM platformasi, voronka murakkabligi va integratsiyalar hajmiga bog'liq. Aniq narxni suhbatdan keyin aytaman.

AmoCRM yoki Bitrix24 — qaysi biri yaxshi?

Bu biznes hajmi va jarayonlarga bog'liq. AmoCRM soddaroq va tez sozlanadi, Bitrix24 kengroq imkoniyatlarga ega. Suhbatda ikkalasini solishtiraman.

Maxsus CRM qurish ham mumkinmi?

Ha. Kichik va o'rta biznes uchun Lovable va Supabase'da maxsus lid CRM qurish mumkin: obunasiz, sizning jarayoningizga moslashgan.

Customer Journey Map nima beradi?

CJM mijozning butun yo'lini ko'rsatadi: qayerda birinchi marta tanishtingiz, qayerda ishonch hosil qildi, qayerda sotib oldi. Bu sotuv voronkasi va kontent uchun asos bo'ladi.

Sotuv SOP nima?

Standard Operating Procedure — operatorlar va sotuvchilar uchun standart ish tartibi: lidga qancha vaqtda javob berish, qanday savollar so'rash, qachon boshqaruvchiga xabar berish. Bu sifatni bir xilda saqlaydi.

Jamoa CRM'dan foydalanishni o'rganadimi?

Tizimni oddiy qilaman va ishga tushirishda operatorlarga qisqa o'qitish beraman.

Bog‘lanish

Strategik suhbatga yoziling

Biznesingiz, maqsadingiz va hozirgi holatingiz haqida gaplashamiz. Suhbatdan keyin sizda aniq holat va keyingi qadam bo'ladi. Mos kelmasak, tavsiyalar sizda qoladi.

Bu 1–2 daqiqa oladi.

Sizda sotuv bo‘limi yoki qo‘ng‘iroqlarga javob beradigan xodim bormi?

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.